Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud Trampning so‘rovini rad etdi. Endi nima bo‘ladi?

Sud Trampning so‘rovini rad etdi. Endi nima bo‘ladi?

Nyu Yorkdagi Manxentten jinoyat sudi Donald Trampni zo‘ravonlikda ayblagan Stormi Deniels ishi bo‘yicha aybdorlik bo‘yicha ishni to‘xtatish haqidagi iltimosini rad etdi.

Sudya Xuan Merchan sobiq Prezidentga qarshi birinchi jinoiy sud jarayoni 25-martda boshlanishini ma’lum qilgan.

Trampning advokatlarini ishni tugatish yoki kechiktirishni so‘rashgan, sud jarayoni saylovlarga aralashish bo‘ladi deb iddao qilishgan. Sudya esa keltirilgan dalillarni rad qilgan.

Donald Trampning o‘zi sud binosi oldida jurnalistlarga qarata “Agar siz Manxettendagi sud binosida kun bo‘yi o‘tirsangiz, saylovda qanday qatnasha olasiz?” degan.

Nyu Yorkdagi jarayon sobiq prezidentga nisbatan qo‘zg‘atilgan to‘rtta ishning birinchisidir. Trampning maxfiy hujjatlarni saqlash bo‘yicha sud jarayoni may oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Jorjiya shtati hukumati esa prezidentlik saylovida ushbu shtatdagi natijalarni o‘zgartirish harakati bo‘yicha ishni ko‘rishni taklif qilayapti.

Yana bir, 4 martda Vashingtonda boshlanishi kerak bo‘lgan jarayon — saylov natijalarini bekor qilish fitnasi va Trampning Kapitoliyadagi hujumdagi o‘rni bilan bog‘liq. Bu jarayon hozircha orqaga surilayapti. Bu haqda Oliy sud bir yechimga kelishi kerak.

Darvoqe, Tramp aktrisa Stormi Daniels bilan nozik munosabatlarda bo‘lganini rad qilgan. Tergov ishi materiallariga ko‘ra, 2016-yilgi saylovlar oldidan Tramp advokat orqali ayolga 130 ming dollar to‘lagan. Bu pullar Trampning advokatiga yuridik xizmatlar uchun to‘lovi sifatida rasmiylashtirilgan. Holat tergov materiallarida Nyu York shtatida hisobotni qalbakilashtirish deb qayd qilingan. Advokat Maykl Koyen buning uchun 2018-yilda uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Lekin, o‘sha paytda prezident bo‘lgan Trampga rasmiy ayblovlar qo‘yilmagan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring