Sud Pashinyanni oqladi
Armaniston kassatsiya sudi 2008-yilgi ommaviy tartibsizliklarda ayblangan Nikol Pashinyanni oqladi. Bilasiz, u hozir bosh vazir.
Pashinyan 2010-yil yanvarida yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Salkam ikki yil panjara ortida o‘tirib, amnistitsiya bo‘yicha ozodlikka chiqqan.
2008-yili Nikol Pashinyan Armaniston prezidentligi uchun kurashgan Levon Ter-Petrosyanning saylovoldi shtabi a’zosi edi. O‘shanda ular yutqazishgan — Serj Sargsyan ko‘pchilikning ovozini olgandi.
Ushbu saylov natijalaridan norozi muxolifat o‘sha yilning mart oyi boshlarida Yerevan markazida namoyish uyushtirdi. Keyin tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, ikki yuzdan ortiq inson jarohatlangandi o‘shanda. Pashinyan 2008-yil voqealarining eng faol ishtirokchilaridan biri edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter