Stoltenberg NATO bosh kotibi lavozimida yana bir yil qoladi
Vakolat muddati 2022-yilning sentyabrida tugaydigan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z lavozimida yana bir yil qoladi. Bu haqda Norvegiyaning TV2 telekompaniyasi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
«Stoltenbergning NATO bosh kotibligidagi faoliyat davri bir yilga uzaytirilgani TV 2 ga ma’lum bo‘ldi», — deb xabar berdi telekompaniya.
Telekompaniya Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styorega asoslanmoqda: u agarda alyans shu qarorga kelsa, Norvegiya Stoltenbergning bosh kotiblik vakolati uzaytirilishini qo‘llashini bildirgan.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z vatani — Norvegiyada Markaziy bank rahbari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter