So‘rov: AQSh uchun eng katta xavf nima?
AQSh aholisining yarmidan ko‘pi AQShga noqonuniy immigratsiyani mamlakat uchun jiddiy tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalarida aytilgan.
"So‘rov natijasi shuni ko‘rsatadiki, amerikalik katta yoshlilarning rekord darajadagi foizi (55 foiz) noqonuniy migratsiyani AQShning hayotiy manfaatlariga jiddiy tahdid ekanligini aytdi. Avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 2004 yilda 50 foizni tashkil etgan edi”, — deyiladi so‘rovnomada.
Bundan tashqari, tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, Kongressning immigratsiya va xorijiy yordam paketi bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlari tufayli davlat tashkiloti reytingi 12 foizgacha pasaygan.
“Bu 2015 yil noyabridan beri eng past reyting”, - deya qo‘shimcha qildi Gallup.
Tadqiqot 1-20 fevral kunlari 18 yoshdan oshgan 1016 nafar amerikalik o‘rtasida o‘tkazildi.
So‘rovnomada xatolik darajasi 4% ni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident va saylovlarda Respublikachilar partiyasidan yetakchi bo‘lgan Donald Tramp saylansa, migratsiya bo‘yicha qattiq nazorat o‘rnatilishiga va’da bermoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter