Sodiq it egasini zaharli ilondan qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi
Malayziyaning Saravak shtatida sodiq it egasini zaharli ilondan qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qildi. Bu haqda «AsiaOne» xabar berdi.
Sudralib yuruvchi jonivor uyga kirib, oshxonaga yashiringan. Yaxshiyamki, shu uyda olti yildan beri yashayotgan Chiko laqabli it uni topib olgan.
«It ilon bilan olishib, uni halok qildi», — deya so‘zlab berdi itning egasi Elis Minggu. Uning aytishicha, jonivorlarni ajratishning iloji bo‘lmagan.
Ilonni biryoqli qilgach, Chiko ayvongacha yurib borgan va ilon zahridan halok bo‘lgan.
«Ko‘pchilik uni qopag‘on it deya arz qilishardi. Lekin kecha u bizni qutqardi, biz esa, afsuski, uni qutqara olmadik», — deb yozadi Minggu «Facebook»da.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter