Sobiq vazirning mol-mulkiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
Aleksey Ulyukayevning mol-mulklariga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Sobiq vazir salkam uch yil avval poraxo‘rlikda aybdor deb topilib, sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan, qo‘shimchasiga unga 130 million rubl miqdorida jarima ham tayinlangan edi. Jarima qoplanguncha sud sobiq amaldorning milliy va xorijiy valyutada ochilgan 67 million rubl va 1,3 milllion dollarlik bank plastik kartalari, 250 ming dollar naqd puli, Moskva va Smolenskdagi uyi, shaxsiy avtomobili, quyingki, qimmatbaho soatlarigacha taqiq solgandi. Jarimalar to‘la qoplangach, mol-mulklarga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar yechilgani aytilmoqda.
Bir necha yil Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Aleksey Ulyukayev 2017-yilning oxirida «Rostneft» kompaniyasi rahbari Igor Sechindan 2 million dollar pora olayotganida qo‘lga tushgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter