Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir ikki oylik qamoq jazosini oldi — Daniya

Sobiq vazir ikki oylik qamoq jazosini oldi — Daniya

Sobiq Immigratsiya va integratsiya vaziri Inger Stoyberg.

Foto: EPA/UPG

Daniya oliy sudi mamlakatning sobiq Immigratsiya va integratsiya vaziri Inger Stoybergni vakolatini suistemol qilishda aybdor deb topib, unga ikki oylik qamoq jazosini tayinladi, yozmoqda «Korresponlent».

Stoyberg 2015–2019-yillarda Immigratsiya va integratsiya vaziri bo‘lib ishlagan. 2016-yilda Daniyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan 23 oila, vazirning ko‘rsatmasi bilan, ajratib qo‘yilgan. Aytilishicha, ushbu oilalarda xotinlar voyaga yetmaganlar bo‘lgan. Stoyberg 2016-yil fevralida imzolagan tegishli qarorni sud noqonuniy deb topdi.

«To‘g‘risi, men juda, juda ham hayratdaman», — dedi Stoyberg o‘ziga chiqarilgan sud hukmini izohlarkan.

Hukmi muhokama qilinmaydigan Oliy sud Stoyberg ishini shu yil kuz fasli boshlaridan beri ko‘rib chiqayotgandi. Avvaliga prokurorlar ayblanuvchiga to‘rt oylik qamoq jazosi berilishini talab qilishayotgandi. Sobiq vazirning advokatlari esa voyaga yetmaganlarni majburiy nikohlashga qarshi kurashishning yagona chorasi, deya Stoybergning qarorini himoya qilishga urinib ko‘rishdi.

Sobiq vazir qamoqqa jo‘natiladimi — hozircha noma’lum. Daniyada yarim yilgacha qamoq jazolari, ayrim talablarga rioya etilsa, «elektron kishan»larga almashtirilishi mumkin. Stoybergning himoyachilari ushbu imkoniyatdan foydalanish imkoniyatlari haqida hozircha og‘iz ochishmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring