Sobiq «Jahon go‘zali»ni avtobus urib ketdi
Buenos-Ayresda argentinalik birinchi «Jahon go‘zali», hozirda 81 yoshni qoralagan Norma Kappali avtobus urib ketishi oqibatlaridan halok bo‘ldi. Bu haqda «La Nacion» gazetasi xabar berdi.
«Norma Kappali avtobus g‘ildiraklari ostida qolganidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirilgan, ammo vrachlar hayotini saqlab qolisha olmagan», — deyiladi xabarda.
Bir hafta komada yotgan Kappali qaytib ko‘zini ochmagan.
Avtobusni boshqargan 28 yoshli haydovchi hodisa joyida qo‘lga olingan.
Norma Gledis Kappali — 1960-yili «Jahon go‘zali» tanlovida g‘olib chiqqan ilk argentinalik. Mukofot sifatida 500 funt sterling va sport mashinasi sovg‘a qilishgan. Norma keyinchalik aksariyat modalar uylari, xususan, «Dior» va «Armani» bilan hamkorlikda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter