Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq hukumat boshlig‘iga qamoq jazosi xavf solmoqda

Sobiq hukumat boshlig‘iga qamoq jazosi xavf solmoqda

Avstriyaning sobiq kansleri Sebastyan Kurs firibgarlik ishi bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirildi. Bu haqda Kronen Zeitung nashri xabar bermoqda.

Kurs ustidan sud jarayoni 18-oktyabrda boshlanadi. Siyosatchi uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Kursga qarshi jinoiy ish 108 sahifadan iborat. Da’vo Iqtisodiyot va korrupsiya prokuraturasi tomonidan berilgan. Siyosatchi ÖBIB va ÖBAG xoldinglari ishida, xususan, Kuzatuv kengashi a’zolarini tanlashda va o‘zining ishonchli vakili Tomas Shmidni ÖBAG rahbari etib tayinlashda ayblangan.

Kurs 2017-2019 va 2020-2021-yillarda Avstriya hukumatini boshqargan va mamlakat tarixidagi eng yosh kanslerlardan sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring