Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq davlat rahbari korrupsiya uchun sud qilinyapti

Sobiq davlat rahbari korrupsiya uchun sud qilinyapti

Foto: «Theins.ru»

Parijning axloq tuzatish sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi ustidan sud jarayonini davom ettirishga qaror qildi, deya xabar berdi «Agence France Presse».

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sud jarayoni Fransiyadagi siyosat olami uchun misli ko‘rilmagan hodisa hisoblanadi. Negaki mamlakat zamonaviy tarixida ilk bor korrupsiyada gumon qilinayotgan sobiq davlat rahbari sud qilinadi.

Sarkozi ishi bo‘yicha birinchi yig‘ilish 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Sud majlisi o‘sha kuniyoq to‘xtatildi.

Oktyabr oyida siyosatchi 2007-yilgi prezidentlik kampaniyasi Liviya tomonidan moliyalashtirganligi bo‘yicha jinoyatga aloqadorlikda ayblandi. Ushbu ish yuzasidan tergov 2012-yilda Fransiyada «Mediapart» nashri Sarkozining prezidentlik kampaniyasi ehtiyojlari uchun Liviya hukumati 50 million yevro o‘tkazganligi haqidagi hujjatlarni chop etgandan so‘ng boshlandi.

Ayblanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashga va’da bermoqda. Aks holda Sarkozi 5 yildan 10 yilgacha qamalishi va katta jarimaga tortilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring