Malavi: Chakvera prezident saylovlarida g‘alaba qozondi
Malavi kongressi muxolif partiya yetakchisi Lazarus Chakvera takroriy prezident saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda Malavi saylov komissiyasi (MEC) ma’lumotlariga tayanib «Times Malawi» nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Chakvera 58,57% ovoz to‘pladi. Prezident saylovida 64,81% saylovchi ishtirok etgan.
Malavida takroriy prezident saylovi 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgandi.
Fevral oyi boshida Malavi Konstitutsion sudi amaldagi davlat rahbari g‘olib chiqqan Piter Mutarika prezident saylovi natijalarini bekor qildi.
2019-yil 21-may kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, 78 yoshli Mutarika 38% dan ortiq ovoz to‘plab qayta saylangandi. Malavi kongressi muxolif partiya yetakchisi Lazarus Chakverani esa 36% saylovchi qo‘llab-quvvatlashgan. Biroq beshta sudyadan iborat hay’at qonunbuzarliklar ko‘pligi bois saylov natijalarini bekor qildi va yangi saylov o‘tkazishga qaror qildi.
«Malawi 24» nashrining xabariga ko‘ra, mamlakatning yangi prezidenti etib saylangan Chakvera 24 yil cherkovda xizmat qilgan va Malavi assambleyasi rahbari bo‘lgan. 2013-yilda assambleyani tark etgan va keyinchalik prezidentlikka da’vogarlik qilish maqsadida kongress partiyasiga borib qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter