Slovakiya prezidenti deputatlarni izza qildi
Slovakiya Milliy kengashi (parlament) deputatlari davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritish uchun ovoz berishdi: unda chet el rasmiy delegatsiyalari qatnashgan tadbirlarni istisno qilganda, mamlakatda boshqa mamlakatlar madhiyalarini ijro etish taqiqlanadi, deb xabar berdi «Ridus».
Biroq...
Keyinchalik «Most — Xid» partiyasi yetakchisi ta’kidlashicha, deputatlar tuzatish emas, balki «buzish» qilishibdi: ular qonun hujjatining mohiyatiga kirib bormasdan, «ha» deb javob berib yuborishgan.
Shundan so‘ng deputatlar mamlakat prezidenti Andrey Kiskaga yana qayta ko‘rib chiqish uchun hujjatni parlamentga qaytarib berishni so‘rashdi. Prezident esa deputatlarga biron bir qonunni tasdiqlashdan oldin yaxshilab o‘qib chiqishni maslahat berdi, deb yozmoqda «Mlada fronta Dnes» nashri.
Darvoqe, o‘tgan hafta Slovakiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tib, unda 45 yoshli yurist Zuzana Chaputova zafar qozondi. Chaputova Slovakiya tarixidagi birinchi ayol-prezidentga aylandi. U amaldagi prezident vakolati tugashi bilan 2019 yilning 15 iyunidan mamlakatni boshqarishga kirishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter