Silvio Berluskoni operatsiyani boshdan o‘tkazdi
Italiyaning sobiq bosh vaziri, 82 yashar Silvio Berluskoni ichak operatsiyasini boshidan o‘tkazdi, deya xabar bermoqda «Rambler».
U bir necha kundan so‘ng kasalxonadan javob beriladi.
Aytilishicha, 29-aprel kuni Berluskonining ahvoli yomonlashgan. Kompyuter tomografiyasi ingichka ichak o‘tkazmasligi holati aniqlangan. Vrachlar 40 yil avval olib tashlangan o‘t pufagi sabab o‘ralib qolgan ichakni bartaraf etishgan. Jarrohlik muvaffaqiyatli amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
Berluskoni «Olg‘a Italiya» partiyasining lideri sanaladi. Mazkur partiya hozirda Italiyada muxolif partiya sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter