Sichqon 1,23 million rupiyni yeb qo‘ydi
Hindistonda bir bankomatdagi 1,23 million rupiyni sichqon yeb qo‘ydi. Bu haqda «India Today» nashri ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bankomat 20-maydan 11-iyungacha ishlamagan. Bank xodimlari 11-iyun kuni bankomatni ochib, ichini tekshirishsa, undagi katta miqdordagi pulni sichqonlar maydalab tashlagan ekan.
Bankomatda jami 2 million 948 ming rupiy bo‘lgan (340 million so‘mga yaqin). Pul qutisi 500 va 2000 rupiylik pullar bilan to‘ldirilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan politsiyaga murojaat qilingan. Surishtiruv davom etayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter