Si Szinpin Ukrainadagi mojaroning yechimini aytdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqotida mamlakatda kechayotgan urushning yechimini aytdi.
Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
«Muloqot va muzokaralar yagona hal qiluvchi yo‘l», — degan Si Szinpin.
Avvalroq Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Si Szinpin bilan uzoq va mazmunli telefon suhbati o‘tkazgani haqida yozgandi. Uning ta’kidlashicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning «rivojiga kuchli turtki» beradi.
Shuningdek, Xitoy Ukrainaga muzokaralar bo‘yicha maxsus vakilni jo‘natmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Xitoy rahbari jahon hamjamiyatini Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter