Si Szinpin Baydenga: «olov bilan o‘ynashmang...»
AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpin telefon muloqoti o‘tkazdi.
Ushbu muloqot ikki soat davom etdi. Bu yil boshidan beri ikki siyosatchining beshinchi telefon muloqotidir.
Si Szinpin Bayden bilan suhbatda Tayvan masalasi haqida gap ochgan.
«Olov bilan o‘ynagan kishi, albatta, o‘zini yoqib yuboradi», deya Si Szinpinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sinxua».
U AQSh tomonini «yagona Xitoy» siyosatiga rioya qilishga chaqirdi va Xitoy o‘z suverenitetini himoya qilishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rasmiy Pekin AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi bo‘yicha bayonot bergan. Jumladan, Xitoy mudofaa vazirligi matbuot kotibi Tan Kefey Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, Xitoy harbiylari qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi haqida ogohlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter