Shveysariya va Avstriyada birinchi qor yog‘di
Shveysariya va Avstriyada birinchi qor yog‘di. Sentyabrdagi qor — ushbu mamlakatlarning hatto tog‘li hududlari uchun ham noyob hodisa.
Birinchi qorga sovuq havo oqimi sabab bo‘ldi: harorat keskin pasayib, sovuq shamollar esishni boshlagan. Bir hafta ilgari bu mamlakatlarda o‘rtacha 20 daraja iliq havo hukm surib turgandi.
Meteorologlar xabariga ko‘ra, Shveysariya janubi-sharqi hamda janubi-g‘arbidagi Alp hududlariga 25 santimetr qalinlikda qor yoqqan. Mamlakatda ilgari kuzda buncha qalin qor yog‘magan ekan.
Avstriyaliklar esa erta qordan mamnun va tog‘-chang‘i mavsumi yaxshi o‘tishiga umid qilishyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter