Shvetsiyada islom dinini haqoratlagan ayol jazoga tortildi
Shvetsiyaning Yyonchyoping shahrida yashovchi 65 yoshli ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali islom dinini haqoratlagani uchun 3 oy qamoq jazosiga tortildi. Ba haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.
Shvetsiya telekanali «SVT» xabariga ko‘ra, bir ayol «Facebook» orqali musulmonlarni ahmoq degan.
Bu so‘zlari bois ayol ustidan musulmonlar Yyonchyoping sudiga murojaat qilishgan. Biroq sud dalillar yetarli emas, deya shikoyatlarning barchasini rad etgan.
Sudning qaroriga qarshi appelyasiya berilib, Gota Oliy sudi ishni qaytadan ko‘rib chiqqan. Sud qaroriga ko‘ra, sakkiz marta islom dinini va musulmonlarni haqorat qilgan ayol 3 oy qamoq jazosiga tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter