Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shri-Lankada musulmon vazirlar iste’fo berdi

Shri-Lankada musulmon vazirlar iste’fo berdi

Foto: «Azon.uz»

Shri-Lanka hukumatidagi musulmon vazirlar aprel oyidagi teraktlardan so‘ng musulmonlarga nisbatan hujumlar ortgani sababli iste’fo berdi.

AFP xabariga ko‘ra, jami to‘qqiz kishi, jumladan, vazirlar va ikki gubernator iste’fo bergan.

Avvalroq Musulmonlar kongressi rahbari Rauf Hakim Tvitterdagi sahifasida Islomga e’tiqod qiluvchi barcha vazirlar va ularning o‘rinbosarlari ishdan ketishi haqida yozgan edi. U mamlakat rahbariyatini musulmonlarni tahdidlar va hujumlardan himoya qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shri-Lankada aprel oyida cherkovlar va mehmonxonalarda yuz bergan teraktlarda 250 dan ziyod kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring