Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shri-Lanka «tarixiy xato»ga yo‘l qo‘ydi

Shri-Lanka «tarixiy xato»ga yo‘l qo‘ydi

Foto: «DKNews»

Hukumat 2019-yil oxirida o‘tkazgan islohot natijasida Shri-Lanka qariyb million nafar soliq to‘lovchisidan mahrum bo‘ldi. Daily Mirror yozishicha, moliya vaziri Ali Sabri parlamentdagi chiqishida shunday bayonot berdi.

«O‘shanda iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish maqsadida barcha fuqarolar uchun soliqlar pasaytirildi. Bu mamlakat iqtisodiy o‘sishiga xizmat qilishi kutilgandi. Biroq pandemiya tufayli ko‘zlangan maqsadga erishilmadi», — dedi Sabri.

Hatto soliqlar pasaytirilishiga qadar ham Shri-Lanka YaIMga nisbatan daromadlar nisbati eng past mamlakatlardan biri edi, 2019-yilda soliqlarning pasaytirilishi mamlakatni ushbu ro‘yxatning eng quyi qismiga tushirib yubordi, deya ta’kidladi vazir.

Moliya vaziri ma’lumot berishicha, Shri-Lankada 2020-yil boshida soliq to‘lovchilar soni 1 550 ming nafar, 2020-yil oxirida 1 036 nafarni tashkil etgan. 2021-yilda soliq to‘lovchilar soni atigi 412 ming nafar qoldi.

Koronavirus tufayli uzoq va davriy lokdaunlarning joriy etilishi iqtisodiyotga islohotlarda ko‘zlangan marraga yetish imkonini bermadi.

Sabri 2019-yilgi soliqlar pasaytirilishini «tarixiy xato», deya ta’rifladi.

Eslatib o‘tamiz, iqtisodiy inqiroz chuqurlashib ketgan Shri-Lanka 12-aprel kuni defolt e’lon qilgandi. 22 mln aholiga ega orol-mamlakatning 35 mlrd dollar tashqi qarzi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring