Shotlandiya to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tadi
Shotlandiya to‘rt kunlik ish haftasini sinab ko‘rish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Yesoreiter.ru nashri ma’lum qildi.
Mamlakat vaqtincha to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tgan Ispaniya, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Islandiyaga mahsuldorlikni oshishiga yordam berganligini misol qilib keltirmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, ish haftalarining qisqarishi mehnat unumdorligini oshiradi va ish va hayot o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilaydi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, ish vaqtining 20 foiz qisqarishi xodimlarning maoshiga ta’sir qilmaydi.
Ma’lumot uchun: Yangi Zelandiyada joylashgan kompaniya 2018 yilda to‘rt kunlik ish haftasini sinab ko‘rganda, ishlab chiqarish hajmi qariyb 20 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter