Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Shimoliy oqimlar»dagi terakt Yevropa va Rossiya aloqalarini buzishga qaratilgan

Putin: «Shimoliy oqimlar»dagi terakt Yevropa va Rossiya aloqalarini buzishga qaratilgan

RF prezidenti Vladimir Putinning «Rossiya energetika haftaligi» forumida ishtirok etib, mintaqaviy energetika tizimidagi bugungi muammolar haqida to‘xtaldi.

U, jumladan, Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib beradigan asosiy quvurlari – «Shimoliy oqim»ning ikkala tarmog‘ida joriy yil 26-sentyabr kuni kuzatilgan avariya haqida «Shimoliy oqimlar siyosiy ohanglardan xoli va bu faqat tijorat loyihasi» bo‘lganini ta’kidladi.

– Gaz quvurlariga qilingan teraktlar ortida Yevropaning Rossiya bilan aloqalarini buzmoqchi bo‘lganlar turibdi. Bular allaqachon bunday qo‘poruvchilikka qo‘l urgan va bu uchun ushlangan odamlardir.

«Shimoliy oqimlar»ni ta’mirlash mumkin, lekin buni amalga oshirish faqat ular ishlashda davom etsa va xavfsiz bo‘lsagina mantiqiy bo‘ladi, – deydi Putin.

RF rahbari, shuningdek, «uchinchi tomon»ning yevropaliklarni energiya resurslarini yuqori narxlarda sotib olishga majbur qilayotganini istisno qilmayapti.

Uning aytishicha, «Rossiya Yevropaga energiya resurslarini yetkazib berishga tayyor, shu jumladan joriy kuz-qish mavsumida ham. Hamma gap ular tomonda».

– Agar ular xohlashsa, shunchaki jo‘mrakni ochib qo‘yishadi, tamom, – deydi u.

Forumda «Shimoliy oqimlar» orqali yo‘qotilgan hajmni qoplash imkoniyatlari haqida ham so‘z borgan. Qayd etilishicha, Rossiya yo‘qotilgan hajmni Qora dengiz mintaqasidagi «Turk oqimi» orqali yetkazib berish bilan qoplashi ham mumkin.

«Gazprom» rahbari Miller esa kompaniya texnik jihatdan Qora dengizda transport inshootlarini qurishga va Turkiya-Yevroittifoq chegarasida gaz savdo maydonchasini yaratishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring