Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shimoliy oqim» gaz quvurlarini ta’mirlash 6 oydan ko‘proqqa cho‘ziladi – Duma

«Shimoliy oqim» gaz quvurlarini ta’mirlash 6 oydan ko‘proqqa cho‘ziladi – Duma

Rossiya Davlat Dumasining energetika bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Pavel Zavalniy «Shimoliy oqim-1» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlari tarmoqlarida sodir bo‘lgan avariyani ta’mirlash olti oydan ko‘proq vaqt olishi mumkin, deb hisoblaydi.

«Gaz quvurlarini loyihalash doirasida buzilish xavfi va ta’mirlash imkoniyatlari ham hisobga olingan.

Bu, faqat vaqt, texnik jihozlar, 3 ming tonna yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan kranlar, kemalar va boshqalarni talab qiladi. Menimcha, buning texnik imkoniyatlari bor. Ta’mir uzoq vaqt talab qilishi mumkin, ammo bir-ikki oy emas. Yarim yil yoki bir yil, kam emas», – deydi Zavalniy.

Uning fikricha, zararni bartaraf etishning ikki yo‘li mavjud: kesson qilish (suv osti quvurlarini ta’mirlashda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi) yoki gaz quvurlarini yer yuzasiga ko‘tarish.

Zavalniyning aniqlik kiritishicha, variantlarni tanlashda hal qiluvchi omil ta’mirlashni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan maxsus kemalarning mavjudligidir.

«Quvur yotqizuvchi maxsus kemalar sanksiyalar ostida bo‘lishi mumkin va ularni gaz quvurini ta’mirlash uchun ishlatishga ruxsat berilmaydi», – deydi Qo‘mita rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26-sentyabr kuni kechqurun Daniya va Shvetsiya rasmiylari Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib beradigan asosiy quvurlari – Bornxolm oroli yaqinidagi «Shimoliy oqim»ning ikkala tarmog‘ida birdaniga uchta joydan gaz sizib chiqayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

O‘z navbatida Shvetsiya Milliy seysmik markazi «Shimoliy oqim-1» va «Shimoliy oqim-2» quvurlari yo‘nalishlarida ikkita kuchli suv osti portlashi sodir bo‘lganini aniqlagan.

BBC rus xizmati esa avariyaning Yevropada isitish mavsumi (1-oktyabr) boshlanishi arafasida va Boltiq dengizining o‘sha sektorida Norvegiyadan Polshaga muqobil suv osti gaz quvuri ochilishi arafasida sodir bo‘lganiga e’tibor qaratgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring