Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyada «ozib-to‘zib ketgan» Kim Chen In haqida film namoyish etildi

Shimoliy Koreyada «ozib-to‘zib ketgan» Kim Chen In haqida film namoyish etildi

Shimoliy Koreyada mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning 2021-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etdi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri ma’lum qildi.

Kartina mualliflari siyosatchining keskin vazn yo‘qotishidan keyin tarqala boshlagan sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi mish-mishlarga alohida e’tibor qaratishgan.

Shu bilan birga, film mualliflari Shimoliy Koreya yetakchisining tashqi qiyofadagi o‘zgarishlarni uning koronavirus pandemiyasi va oziq-ovqat inqirozi tufayli KXDR uchun qiyin bo‘lgan bir yildagi mashaqqatli mehnati bilan bog‘lashgan.

Xullas, tasmada, xususan, ular ozib ketgan Kim Chen Inning sayohatlaridan birida zinadan tushishda qiynalganini ko‘rsatishgan. Filmda aytilishicha, «u juda ko‘p azob chekdi va o‘z xalqining orzularini ro‘yobga chiqarish uchun harakat qildi».

Koreya markaziy televideniyesi (KKTV) kelgusi haftalarda filmni qayta-qayta namoyish qilishi kutilmoqda.

2021 yil dekabr oyi oxirida Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi yig‘ilishida ishtirok etdi. Ommaviy axborot vositalari siyosatchining misli ko‘rilmagan darajada ozganini ta’kidladi: u davlat rahbari lavozimida ishlagan o‘n yillik faoliyati davomida har qachongidan ham holsizroq ko‘rinishni boshladi.

O‘tgan yilning avgust oyida Shimoliy koreyaliklarga Kim Chen In vaznini yo‘qotganidan keyin uning salomatligi va tashqi ko‘rinishini muhokama qilish taqiqlangani ma’lum bo‘lgan edi.

Kim Chen Inning vazni 2011 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri har yili 6-7 kilogrammga oshgan, 2020 yilda esa 140 kilogrammga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring