Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarga tayyorlanmoqda — so‘nggi besh yilda birinchi marta

Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarga tayyorlanmoqda — so‘nggi besh yilda birinchi marta

Shimoliy Koreya yadroviy ob’yektlarining sun’iy yo‘ldoshda olingan yangi suratlari Pxenyan 2017-yildan beri ilk marotaba yadroviy sinovlar o‘tkazishga sekin-asta yaqinlashganidan guvohlik beradi, deb yozdi «Financial Times».

Suratlarni Vashingtondagi strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi ekspertlari tahlil qilishdi: KXDRning shimoli-sharqidagi Pungi-ru yadro poligoniga yangi kirish joyida binolar qurilgan, yog‘och-taxta keltirilgan, qurilmalar va aslahalar soni ko‘paygan.

«Garchi ayrim manbalar 7-yadroviy sinov joriy yilning may oyidan sentyabrigacha oraliqda yuz berishini taxmin qilayotgan bo‘lsa-da, uning aynan qachonligi Kim Chen Inning shaxsiy qaroriga bog‘liq. Yo‘ldoshlar olgan suratlar tayyorgarlik jadal ketayotganini ko‘rsatyapti, buni aslo e’tibordan qochirmaslik kerak», — deyiladi ekspertlar xulosasida.

Kim Chen In rejimi yadroviy sinovlarni Janubiy Koreyaning yangi prezidenti lavozimida ish boshlaganidan so‘ng (10-may) ko‘p o‘tmay va AQSh prezidenti Jo Baydenning shu oy oxirlarida Osiyoga tashrifigacha o‘tkazishi mumkin. Xitoy kommunistik partiyasi 2022-yilning yakunida beshinchi qurultoyini o‘tkazadi, Pxenyan suyangan tog‘i Pekinni ranjitmaslik yadroviy sinovlarini u paytda o‘tkazmaslikka harakat qilishi mumkin, deyiladi ekspertlarning prognozlarida.

Kim Chen In o‘z yadroviy salohiyatidan butun Koreya yarimorolini nazoratga olishda foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreyani yadrosizlantirish bo‘yicha muzokaralar Tram va Kim In Chen o‘rtasidagi Xanoydagi AQSh-KXDR sammiti samarasiz tugaganidan so‘ng boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Diplomatik inqiroz Shimoliy Koreyaning foydasiga ishlaydi: o‘z yadroviy aslahalarini rivojlanirishda davom etadi. Biroq eng katta muammo — avvalgi Pxenyan yo‘q, muzokaralarga qaytmoqchi emas.

Shu hafta KXDR armiyasining 90 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda yangi «Xvanson-17» qit’alararo ballistik raketasi namoyish etildi. Kim Chen In bayram nutqida bundan keyin ham KXDR yadroviy salohiyatini kuchaytirishda davom etishiga urg‘u bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring