Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shimoliy Koreya mo‘’jizasi»: 80 qavatli osmono‘par va 10 ming xonadonli turarjoy rasman ochildi

«Shimoliy Koreya mo‘’jizasi»: 80 qavatli osmono‘par va 10 ming xonadonli turarjoy rasman ochildi

Foto: «Yahoo News»

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 12-aprel kuni mamlakat poytaxtida qurilgan ulkan turarjoy majmuasini ochishda qatnashdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

«Qurilishda qatnashgan ishchi va askarlar 10 ming xonadonli ulkan me’moriy majmua — mo‘’jiza bunyod etishdi», — deyiladi KMTA xabarida.

Foto: «NK News»

Pxenyaning Sonsin va Sonxva tumanlarida joylashgan ushbu majmua 80 qavatli osmono‘par bino, 10 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar, umumiy ovqatlanish infratuzilmalaridan tashkil topgan.

KXDR Ishchi partiyasi o‘tgan yilgi qurultoyida Pxenyanda 2025 yilga qadar 50 ming xonadonli yoki har yili 10 ming xonadonli uylar qurilishini e’lon qilgandi — zarbdor «besh yillik» amalda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring