Shifokorlar: Julian Assanj qamoqda o‘lishi mumkin
«Vesti.ru» yozishicha, «WikiLeaks» asoschisi Julian Assanj, agarda unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmas ekan, qamoqda o‘lim topishi mumkin. Oltmish nafardan ziyod shifokor imzo chekkan va Britaniya IIV rahbari Priti Patelga yo‘llangan ochiq xatda shunday deyiladi.
O‘sha shifokorlarning nazarida Julian Assanjning 2020-yil fevral oyidagi sudda qatnashishi, qo‘lda mavjud ma’lumotlarga asoslanilsa, tibbiy nuqtai nazardan olib qaraganda «jiddiy xavotir» olishga undaydi.
Shu xatdan iqtibos keltirgan «Sky News» telekanali xabariga ko‘ra, Assanj zudlik bilan tibbiyot markaziga keltirilishi hamda uning jismoniy va ruhiy holati yuqori malakali shifokorlar tomonidan tekshirilishi lozim.
Agar yordam vaqtida ko‘rsatilmas ekan, Julian Assanj qamoqda o‘lim topadi, deyish uchun shifokorlarda jiddiy asoslar yetarli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter