Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor-boshlovchi foydasi yo‘q dorilarni sanab o‘tdi

Shifokor-boshlovchi foydasi yo‘q dorilarni sanab o‘tdi

Foto: «Ptzgovorit.ru»

Moskvadagi 71-sonli shifoxona bosh shifokori, «Rossiya 1» kanalida «Eng muhim narsalar haqida» dasturi boshlovchisi sifatida tanilgan Aleksandr Myasnikov ko‘p tibbiyot xodimlari bemorlarga umuman yordam bermaydigan «puch» dorilarni yozishi haqida ma’lum qildi. U hatto foydasi yo‘q preparatlarni sanab ham o‘tdi, deb yozadi «Rambler».

Myasnikov quyidagi ro‘yxatni havola qildi: nootroplar, fermentlar, immunomodulyatorlar, tomirlarni mustahkamlovchi preparatlar, vitaminlar va BADlar, gepatoprotektorlar, probiotik va prebiotiklar, xondroprotektorlar, gomeopatik preparatlar, o‘simliklar yig‘indisi va tindirmasi.

Bu toifaga kiruvchi dori-darmonlarning samarasi umuman isbotlanmagan, — deydi shifokor.

Uning ta’kidlashicha, preparatlardan ba’zilari muayyan odamlarga yordam berishi mumkin. Agar noxush ta’sirlar sezilmasa, ko‘rsatmaga binoan qabul qilsa bo‘ladi.

Shuningdek, Myasnikov shifokorlarning taxminan o‘ntadan sakkiztasi bemorlarga «puch» dori vositalarini muntazam yozib berishini qo‘shib qo‘ydi. Uning ta’kidlashicha, ba’zi holatlarda shifokorlar farmkompaniya puli evaziga befoyda dorilarni ham tayinlashi mumkin. Lekin ular kamchilikni tashkil etadi. Tibbiyot xodimlarining aksar qismi yuqori malakaga ega bo‘lmagani uchun ham «puch» dorilarni yozish bilan ovora.

Myasnikov bemorlarga shifokor tayinlagan dorilar haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot to‘plashni va kerak bo‘lsa uning o‘zidan preparatning samarasi isbotlanganmi yoki yo‘qmi, aslo so‘rashdan tortinmaslikni maslahat beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring