Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sheremetevo aeroportining tomi qulab tushdi

Sheremetevo aeroportining tomi qulab tushdi

Foto: RIA Novosti

Moskvadagi Sheremetevo aeroportining samolyotlar saqlanadigan bino tomi qulab tushdi. Xabar qilinishicha, hodisa erta tongda ro‘y bergan va jabrlanganlar bo‘lmagan.

Samolyotlar saqlash joyi uchish-qo‘nish yo‘lagi va yo‘lovchi terminalidan uzoqda joylashgan. Ushbu bino yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga aloqador emasligi aytilmoqda. Holat tufayli reyslar jadvaliga o‘zgarish kiritilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring