Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sevishganlar uchun Rona orolida ish taklif qilinmoqda

Sevishganlar uchun Rona orolida ish taklif qilinmoqda

Shotlandiyaning Rona orolida sevishgan juftliklar uchun ertaknamo hayot va’da qilishmoqda. Hozirda u yerda faqat ikki kishi yashaydi. Aynan ular reklamani joyning «aholi sonini ikki baravar oshirish» maqsadi bilan joylashtirishgan.

Vazifalar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: yo‘llar, avtonom elektr energiyasi manbalari, transport vositalari va turar-joy binolarida joylashgan kir yuvish xonalariga texnik xizmat ko‘rsatish.

Bundan tashqari, er-xotin kiyik ovida qatnashishga va sayyohlarga xizmat qilishga tayyor bo‘lishi kerak. Dengiz bandargohiga qaragan to‘rtta toshdan qurilgan kottejdan biri yangi xodimlarni kutmoqda.

Rona oroli mamlakat shimolida, eng yaqin quruqlikdan 18 kilometr g‘arbda joylashgan.

Avvalroq Kembrij gersogi va gersoginyasi Uilyam va Keyt 19 140 funt sterlinglik maoshga ega bo‘lgan, qirol oilasi qal’alarida xizmat ko‘rsatish va yashash, sayohat qilish va yetakchilik lavozimini egallash qobiliyatiga ega bo‘lganlar uchun ish o‘rni taklif qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring