Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiyada 4-maygacha ko‘chaga chiqish taqiqlandi

Serbiyada 4-maygacha ko‘chaga chiqish taqiqlandi

Foto: «LIGA.net»

Serbiya hukumati 30-apreldan 4-maygacha, ya’ni may bayramlari kunlari odamlarning ko‘chaga chiqishlarini taqiqladi.

Cheklovdan maqsad shaxsiy muloqotlar orqali koronavirus tarqalib ketishining oldini olishdir.

Faqat 65 yoshdan kattalar uchun istisno bor: ular shu kunlari soat 18:00 dan 1:00 gacha bo‘lgan paytda uylaridan 600 metr uzoqlashmagan holda ozroq aylanishga chiqishlari mumkin.

Serbiyada koronavirus qurbonlari soni 156 nafarga yetgan.

Prezident Aleksandar Vuchichining o‘g‘li koronavirusga chalingani haqida biz ilgari xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring