Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiya rahbari o‘ziga nisbatan keskin tahdidlar bo‘layotganini aytdi

Serbiya rahbari o‘ziga nisbatan keskin tahdidlar bo‘layotganini aytdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning aytishicha, u har kuni kamida 200 ta o‘lim tahdidi oladi. Bu haqda Serbiyaning Respublika nashri xabar bermoqda.

Vuchich bu haqda Ichki ishlar vazirligi kuni va Politsiya xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda aytib o‘tdi.

Vuchich norozilik namoyishida ishtirokchilar tomonidan ko‘tarilgan surati tushirilgan qo‘g‘irchoq bilan bog‘liq vaziyatni izohlar ekan, uni tashqaridan tahdidlarga o‘rganib qolganini tushuntirdi.

«Har kuni menga 200 dan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lim tahdidi keladi, men shu bilan yashayman, ko‘nikib qolganman», — dedi siyosatchi.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, inson shunday yuqori lavozimni egallaganida bunday holatlarga, jumladan, kundalik tahdidlarga ham chidashi kerak.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring