Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senegalda bosh vazir lavozimi tugatildi

Senegalda bosh vazir lavozimi tugatildi

Foto: «Presidence.sn»

Senegalda bosh vazir lavozimi bekor qilindi. Mamlakat prezidenti Maki Sall o‘tkazayotgan islohotlar doirasida bosh vazir vakolatlari ham bekor qilindi, deb xabar bermoqda «Daily Monitor Uganda».

Prezident Maki Sall

Muhammad Bun Abdulloh Dionne yaqinda bosh vazirlikka qayta tayinlangandi. Uning ta’kidlashicha, mana shu islohotlar «bosh vazirning vositachilik lavozimini taqiqlash»ni ham ko‘zda tutadi. Eng qizig‘i, bosh vazir lavozimi tugatilishi to‘g‘risidagi farmonning ijrosini ta’minlash bosh vazirning o‘ziga topshirildi.

Bosh kotib Muhammad Bun Abdulloh Dionne

O‘zgarishlardan maqsad ikki ma’muriyatni jipslashtirib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada tezlashtirishdir, deyilmoqda.

Darvoqe, o‘z lavozimini (bosh vazir) bekor qilgan Dionne endi respublikaning bosh kotibi sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring