Katta yoshli aholini vaksinatsiyalash qanchaga tushadi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, jahon aholisining katta qismini vaksinatsiyalash uchun kelgusi yili 35-45 mlrd dollar kerak bo‘ladi. «Profil» yozishicha, tashkilot rahbariyati moliyalashtirishda asosiy madadni G7 mamlakatlaridan kutyapti.
3-may kuni birifingda so‘zlagan JSST rahbari Tedros Gebreyesus ta’kidlashicha, yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘ pandemiyaga qarshi kurashish uchun JSST boshlagan ACT Accelerator xalqaro dasturini moliyalashtirish uchun oldin ajratilgan $19 mlrd.ga qo‘shimcha tarzda kerak bo‘ladi.
«Hisob-kitoblarimiz 2022-yilda jahonning katta yoshli aholisi asosiy qismini emlash uchun qo‘shimcha $35-45 mlrd kerak bo‘lishini ko‘rsatyapti», — dedi Gebreyesus.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter