Sayyoramizni qariyalar boshqaryapti: Dunyo yetakchilari orasida yoshi ulug‘ kishilar talaygina
Keyingi yili Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad iste’foga chiqishiga to‘g‘ri keladi. Malayziya qonunchiligiga ko‘ra bu lavozimni 95 yoshdan oshgan kishi egallay olmaydi. Bu haqda «KP» xabar bergan.
Butun Yevropa monarxlari
Ehtimol, uzoq umr ko‘ruvchilar orasida eng mashhuri Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bo‘lsa, ajab emas. «Britaniya buvisi» 93 yoshda. Umrining ko‘p qismini qirollik taxtida o‘tkazdi. Yelizaveta o‘ziyam 67 yil muqaddam taxtga o‘tirgan!
Yelizaveta II 1952-yili taxtga o‘tirgan!
Uning turmush o‘rtog‘i, gersog Edinburg shahzodasi Filipp 98 yoshda. Shunga qaramay, er-xotin muntazam Bukingem saroyidan butun mamlakat bo‘ylab qirollik qarorgohlariga qatnaydi, ovga chiqadi, yugurishga boradi, o‘zlari avtomobil boshqarishadi. Faqat shu yil boshida shahzoda Filipp boshqarayotgan mashina ag‘darilib ketgandan so‘ng u boshqa rul chambaragini ushlamasligini ma’lum qildi.
Daniya qirolichasi Margreta II keyingi yili 80 ga kiradi. U 47 yil muqaddam taxtga o‘tirgan. Sport, rassomlik, adabiyot, tarjimonlik bilan faol shug‘ullanadi. Masalan, feminizm ideologi Simon de Bovuar asarlarini Daniya tiliga o‘girgan. Margreta oddiy daniyaliklarni muntazam huzurida qabul qiladi. Qirolichaning eng katta zaif tomoni chekish hisoblanadi: u bu zararli odatini tashlash niyati yo‘q.
Aflotun nima degandi?
Aksariyat Yevropa davlatlarida odatda o‘rta yoshli siyosatchilar barcha boshqaruv mexanizmlari qo‘lida bo‘lgan haqiqiy hukmdorlarga aylanishadi. Har qanday tantanavor funksiyalar esa tajribali siyosatchilarga beriladi. Masalan, Italiya antik davrning vorisi sifatida qadimgi faylasuf Aflotunning vasiyatini amalga oshirishga qaror qildi. Aflotun eng yaxshi davlat rahbari 50 yoshli hukmdorlar deb ta’kidlagan. Shu bois Italiya konstitutsiyasida 50 yoshdan oshgan fuqaro mamlakat prezidenti bo‘lishi mumkin deb yozib qo‘yilgan. Boz ustiga, 1990-yillardan boshlab mamlakatni o‘ziyam 70 yoshdan oshgan erkaklar boshqarmoqda. Mana, masalan, Italiyaning 11-prezidenti Jorjo Napolitano iste’foga chiqqanda 90 yoshga to‘lgandi. U o‘z davrining eng keksa siyosatchisi hisoblangan. Hozirgi prezident Serjio Mattarelle 78 yoshda.
Demokratiyaning keksa bobolari
G‘arbiy yarim sharda yoshi eng ulug‘ yetakchilardan biri Kubaning sobiq rahbari Raul Kastro bo‘lib qolmoqda. Hozir u 88 yoshda. 2008-yili, 75 yoshida u ozod orol rahbarligini amalda o‘z qo‘liga oldi — uning akasi Fidel Kastro kasal bo‘lib qolgandi. Darvoqe, 2016-yilda vafot etgan Fidel 90 yoshgacha hukmronlik qilgan. U davlat boshqaruvini 1957-yilgi inqilobdan so‘ng qo‘lga kiritgan.
G‘arbiy yarim sharda yoshi eng ulug‘ yetakchilardan biri Kubaning sobiq rahbari Raul Kastro bo‘lib qolmoqda.
Shunday bo‘lsa ham, Raul Kastro ham sekin-asta hokimiyat jilovini berib qo‘ymoqda. O‘tgan yili u rahbarlik lavozimini tark etishga va faqat kommunistik partiya yetakchisi bo‘lib qolishga qaror qildi.
AQShni ham unchalik yosh bo‘lmagan prezident boshqarmoqda. Donald Tramp 73 yoshda. U so‘nggi 60 yil ichida eng keksa prezidentga aylandi. Bordi-yu, ikkinchi muddatga saylansa, Oq uyda 78 yoshgacha qolishi mumkin. Biroq Trampning asosiy raqiblarini ham yosh bola deb bo‘lmaydi. 2020-yili saylovlar o‘tkazilganda uning raqibi, eks-vitse-prezident Jo Bayden 78 yoshga to‘ladi. Poyganing yana bir favoriti Berni Sanders esa 79 yoshda.
Tramp so‘nggi 60 yil ichida eng keksa prezident hisoblanadi.
Yaqin Sharq mo‘ysafidlari
Yaqin Sharq uzoq umr ko‘ruvchi siyosatchilari bilan dong taratgan. Mana, masalan, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud bu yil 84 yoshga to‘ladi. 2015-yili taxtga o‘tirganida u bu voqeani keng qamrovli nishonladi – davlat xizmatchilari, pensioner va talabalarni ikki oylik maosh hisobida mukofotladi. 500 ming mahbusni afv etdi, 133 ming dollarga teng to‘lanmagan jarimani bekor qildi. Shu bilan birga, Salmon hukmronligi boshlanishi bilan Saudiya Arabistonida o‘lim hukmi soni keskin ko‘paydi. Uning hukmronligi ostida kechgan dastlabki yarim yil mobaynida turli aybi uchun 90 kishi qatl etildi. Ammo qirol ayollarga nisbatan shafqatsizlik qilmadi (qirollikda ularning huquqlari ancha cheklangan). U ayollarning avtomobil boshqarishiga ruxsat berdi.
Yaqin Sharq yoshi ulug‘ siyosatchilari orasida Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham bor. U 84 yoshga to‘ldi. U 2013-yildan beri davlatni boshqarib kelmoqda.
Eng keksa hukmdor — Kamerunda
Dunyodagi eng keksa amaldagi prezident Kamerun rahbari Pol Biyya hisoblanadi. U 86 yoshda. Pol Biyya ilk bor 1975-yili bosh vazir bo‘lgan va bu lavozimda 7 yil qolgan. 1982-yili u bosh vazirlikdan prezidentlikka o‘tdi. Mana 37 yildirki mamlakatni boshqarib kelmoqda. Biyya reytingiga havas qilsa ayrziydi: barcha saylovlarda umumiy saylovchilarning 70 foizdan ortig‘i unga ovoz berishgan.
Dunyodagi eng keksa amaldagi prezident Kamerun rahbari Pol Biyya hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter