Savchenko ham prezident bo‘lmoqchi
Ukrainalik sobiq harbiy uchuvchi, ayni paytda mamlakat parlamenti deputati Nadejda Savchenko prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqdagi qaror uning o‘zi rahbar bo‘lgan «Savchenkoning siyosiy bloki» partiyasining kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilindi, deya xabar bermoqda TASS.
Nadejda Savchenko Rossiyada qo‘lga olinib, bir muddat qamoqda o‘tirgani ma’lum. Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy asirlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvi doirasida u qamoqdan ozod etilib, vataniga qaytgandi. Kiyevga qaytgani hamono u mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko farmoniga binoan «Ukraina qahramoni» unvoni bilan siylanadi. Ko‘p o‘tmay, Rada deputatligiga ham saylanadi. Davlat rahbarining xayrixohligi va alohida e’tiboriga qaramay, Savchenko mamlakatda yuritilayotgan siyosatga nisbatan o‘z noroziliklarini ochiq-oydin bildirib kelgani bilan ham dong taratgan.
Bu orada u partiyaga asos solib, yangi siyosiy kuch sifatida o‘zini namoyon etish harakatiga tushadi. Natijada o‘tgan yilning 20 martida «davlat to‘ntarishiga urinish» ayblovi bilan hibsga olinadi. Uni hisbda ushlash muddati bir necha bor uzaytirilgani alohida e’tiborga molik. O‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan sudda Savchenkoni yana oltmish kun muddatda hisbda ushlash haqida qaror qabul qilingan.
Ukraina prezidentligiga hozirgacha 20 nafar nomzod ko‘rsatildi. Saylov esa shu yilning oxirgi kuni – 31-dekabrga belgilangan. Nomzodlar orasida sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoning imkoniyati balandroq ekani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter