Saudiya Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokarasi o‘tkazmoqchi. Unda Rossiya qatnashmaydi
Saudiya Arabistoni avgust oyida Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar Jidda shahrida 5-6 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishga 30 ga yaqin davlat, jumladan Ukraina, G‘arb davlatlari, Braziliya va Hindiston vakillari taklif qilingan. Lekin muzokarada qatnashadigan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yo‘q.
Manbaga ko‘ra, mazkur yig‘ilishda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter