Saudiya podshohi o‘z o‘g‘illarini «yog‘li» lavozimlarga tayinladi
Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz o‘g‘li va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni mamlakat Bosh vaziri, ikkinchi o‘g‘li shahzoda Xolidni esa Mudofaa vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Podshoh farmoniga ko‘ra, uning yana bir o‘g‘li shahzoda Abdulaziz bin Salmon energetika vaziri lavozimida qoldi.
Farmonda aytilishicha, tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud, moliya vaziri Muhammad al-Jadaan va investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih o‘z lavozimlarida qoladi.
Saudiya Arabistoni rasmiysining aytishicha, uning Bosh vazir lavozimi qirolning unga avval bergan vazifalariga, jumladan, xorijiy tashriflarda qatnashish va qirollik mezbonlik qiladigan sammitlarga raislik qilishga mos keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter