Saudiya Arabistoni oktyabrdan umra safariga ruxsat berdi
![Saudiya Arabistoni oktyabrdan umra safariga ruxsat berdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2819255613.jpg)
Saudiya Arabistonida yashaydiganlarga oktyabrdan umra ziyoratiga ruxsat berildi, deya xabar berdi qirollik IIV.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.
4-oktyabrda boshlanadigan birinchi bosqichda odatdagi ziyoratchilarning uchdan bir qismi, ya’ni mamlakatning 6 ming aholisi umra amallarini bajarishi mumkin.
18-oktyabrga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda ziyoratchilar soni 75%gacha oshiriladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yil aprel oyidan boshlab umra safari taqiqlab qo‘yilgandi.
Saudiya Arabistoni may oyining oxiridan karantin cheklovlarini sekin-asta yumshata boshladi, mamlakat ichidagi harakat cheklovlarini bekor qildi, masjidlar ochildi, odamlarning o‘z ish joylariga qaytishiga ruxsat berildi.
Mamlakatda pandemiya boshlangandan beri 331 359 ta koronavirus holati qayd etilgan bo‘lib, 4 569 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter