Sadir Japarov qirg‘iz xalqiga murojaati chog‘ida ko‘ziga yosh oldi
Bugun, 19-sentyabr kuni Qirg‘iziston prezidentining qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaro tufayli xalqqa murojaati bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston prezidenti onalarga qirg‘iz zaminini o‘z jonidek sevadigan yigitlarni tarbiyalagani uchun minnatdorlik bildirdi.
«Siz haqiqatdan ham qahramonlar tug‘ib, tarbiya qildingiz, sizga ta’zim qilaman. Ularning qahramonligi unutilmaydi», – dedi Sadir Japarov ko‘zda yosh bilan.
U, shuningdek, ushbu qurolli to‘qnashuvda jabrlanganlarga davlat tomonidan kщmak ajratilishini ta’kidlagan.
«Davlatimiz askarlarimizni ta’minlashga, chegaradan ichkariga ko‘chirilgan xalqimizning ehtiyojlarini qondirishga to‘la qodir. Shuningdek, mojaroda vayron bo‘lgan va yonib ketgan uylarni zudlik bilan tiklash uchun mablag‘ ajratilgan», – dedi prezident Sadir Japarov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter