Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sadir Japarov jiyani hibsga olingani bo‘yicha izoh berdi

Sadir Japarov jiyani hibsga olingani bo‘yicha izoh berdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jiyani hibsga olingani haqida «Kabar» axborot agentligiga izoh berdi.

«Hozir bizda boshqacha zamon. Hammaga bir xil munosabatda bo‘linmoqda. Korrupsiyaga aloqador bo‘lsang, kimligingdan qat’iy nazar qamoqqa olinasan. Davlatga yetkazilgan zararni ikki hissa qilib to‘laysiz va shundan keyin ozodlikka chiqasiz. Agar to‘lamasangiz, qamoqda o‘tirishda davom etasiz. Agar u jiyanim bo‘lgani uchun qamalmaganida edi, qarindoshlarim bu ishga aralashgan bo‘lardi. Qirg‘izlarda «bir jazo, mingta dars», degan maqol bor», – deya ta’kidlagan Sadir Japarov.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 iyul kuni Qirg‘izston rahbarining jiyani Ulan Japarov mamlakat ichki ishlar vazirligi tomonidan bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumon qilib qo‘lga olingan edi. Ulan Japarov prezidentning amakivachchasining o‘g‘li hisoblanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring