Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvilining tanasida jiddiy jarohatlar borligi aniqlandi — shifokor

Saakashvilining tanasida jiddiy jarohatlar borligi aniqlandi — shifokor

Gruziya sobiq prezidenti, ayni damda hibsda qolayotgan Mixail Saakashvilining shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze uning tanasida bir qator jarohatlar borligini  aytdi. Bu haqda Sputnik agentligi ma’lum qildi.

Shifokor tekshiruv vaqtida bemorning tanasida jarohatlar borligini aniqladi. «Sobiq prezident turgan qamoqxonada unga nisbatan tibbiy tekshiruv o‘kazilgan. Hozir tugallanmagan tibbiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xozirda bemor tashqi ko‘rikdan o‘tkazilmoqda», — dedi Kipshidze.

Kipshidze siyosatchining tanasida qanday jarohatlar topilgani, ular tananing qaysi qismida ekanligi xaqida ma’lum qilmagan.

«Biz testlar o‘tkazdik va ba’zi ma’lumotlar kutilganidek yomon chiqdi»,— deya qo‘shimcha qildi shifokor.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktyabr oyida vataniga qaytgan Saakashvili qamoqqa olingan va  ochlik e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng matbuotda uning sog‘lig‘i yomonligi bo‘yicha xabarlar avj oldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring