Saakashvili ochlik e’lon qildi
Gruziyada hibsga olingan sobiq prezident Mixail Saakashvili qamoqda ochlikni davom ettirmoqda, dedi Gruziya Birlashgan milliy harakati a’zosi Tina Bokuchava.
Shanba kuni Bokuchava Rustavi shahridagi (Gruziya poytaxtidan 30 kilometr uzoqlikda) jazoni ijro etish muassasasida Saakashvilini ko‘rishga borgan.
«Men uni ochlik e’lon qilish maqsadga muvofiq emasligiga ishontirishga harakat qildim. U o‘zini siyosiy mahbus deb hisoblamoqda va ochlikni davom ettirmoqda», degan Bokuchava.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili kuni kecha mamlakat hududida hibsga olingandi. U hibsga olingach, darhol ochlik e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter