Saakashvili ikkilanib qoldi: borsammi yo bormasammi?

Ukrainadagi prezident saylovining birinchi turi dastlabki natijalari Gruziya davlati va Odessa (Ukraina) sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining rejalariga o‘zgartirish kiritib yubordi. Gap shundaki, siyosatchi yaqinda saylovning ertasiga, ya’ni 1 aprelda kuni Ukrainaga uchayotganini bildirib, gapining tasdig‘i tariqasida samolyot chiptasini ko‘rsatgan edi.
Biroq safar amalga oshmaydigan ko‘rinadi. Chunki, Ukrainaning amaldagi rahbari Pyotr Poroshenko katta ehtimol bilan saylovning ikkinchi turida qatnashadigan bo‘lib turibdi. Saakashivili esa ikki yil avval aynan Poroshenkoning farmoniga bilan Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinib, mamlakatdan chiqarib yuborilgandi. «Men Poroshenko ikki turiga o‘tmagan taqdirdagina Ukraina bormoqchi edim, aftidan bunaqa bo‘lmaydi, chog‘i. Agar ikkinchi turga u emas, Yuliya Timoshenko o‘tganida edi, oyog‘imni qo‘lga olib uchgan bo‘lardim», dedi u «Maksi-TV»ga bergan intervsida.
Gap orasida Saakashvili yaqin kelajakda baribir Ukrainaga borajagini alohida ta’kidladi.
Kuni kecha Ukrainada bo‘lib o‘tgan prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, so‘z ustasi Vladimir Zelenskiy va amaldagi rahbar Pyotr Poroshenko boshqalardan ko‘proq ovoz olgani ma’lum bo‘ldi. Biroq ikkala nomzod to‘plagan ovozlar g‘alaba uchun yetarli bo‘lmagani bois saylovning ikkinchi turi o‘tkazilishi hozirdanoq oydinlashib qoldi. Saakashvilining hammaslagi bo‘lmish sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko esa saylovda uchinchi natijani qayd etib, poygadan tushib qolgani deyarli aniq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter