Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rus tadbirkorining 50 million dollarlik superyaxtasi cho‘kib ketdi (video)

Rus tadbirkorining 50 million dollarlik superyaxtasi cho‘kib ketdi (video)

Yaxta Katandzaro portidan 9 dengiz mili olisda cho‘kkan.

Foto: SuperYacht Times

Italiyada rossiyalik tadbirkorga qarashli 50 million dollarlik «My Saga» yaxtasi cho‘kib ketdi. Bu haqda SuperYacht Times xabar berdi.

Kema Kayman orollari bayrog‘i ostida, italiyaliklardan iborat ekipaj boshqaruvida Galliopidan Milatssoga suzib kelayotgandi. 20-avgust kuni ekipaj xabar jo‘natib, kema bortida ko‘p suv to‘planganini, uni tark etayotganini bildirgan. Yaxtani qirg‘oqqa tortib kelishga urinib ko‘rishdi, biroq yomon ob-havo tufayli buning imkoni bo‘lmadi, kema suv ostiga ravona bo‘ldi.

OAV superyaxta Gennadiy Ayvazyanga tegishli ekanini yozmoqda. U «Kuzbassrazrezugol» (Rossiya) ko‘mir kompaniyasi egalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring