Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rublni qanday kelajak kutyapti? Vazirlik prognoz taqdim etdi

Rublni qanday kelajak kutyapti? Vazirlik prognoz taqdim etdi

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rubl kursining mustahkamlanishini, bu jarayon 2024-yil iyun oyida eng yuqori cho‘qqigacha ko‘tarilishini prognoz qildi.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan vazirlik prognoziga ko‘ra, kelasi yilning iyun oyigacha bir dollar 87,5 rublga baholanadi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligining prognozlariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyida valyuta kursi bir dollar uchun 94,3 rubl va bir yevro uchun 105 rublni tashkil qiladi.

2024-yilning iyuniga kelib, 1 dollar 87,5 rubl, yevro 97,5 rubl miqdorigacha mustahkamlanadi. «2023-yil oxiriga kelib, tashqi savdo balansi va rubl kursiga bosim asta-sekin zaiflashadi. Iyun oyidan boshlab jahon tovar bozorlarida teskari holat kuzatildi - neft va boshqa bir qator yeksport tovarlari narxlarining oshishi. O‘z navbatida joriy hisobvaraq orqali chet el valyutasi oqimining ko‘payishi uning valyuta tuzilmasini diversifikatsiya qilish bilan bir qatorda 2023-yil oxiri – 2024 yilning birinchi yarmida rubl kursining mustahkamlanishiga xizmat qiladi» deyiadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yozida rus valyutasi keskin pasayib ketdi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston iqtisodiga ham ta’sir qildi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring