Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya–Ukraina: Amerika razvedkasi Donbassdagi kuchlar nisbatini o‘rgandi

Rossiya–Ukraina: Amerika razvedkasi Donbassdagi kuchlar nisbatini o‘rgandi

Foto: Noi.md

Ukraina qurolli kuchlari Donbassda halokatli vaziyatga tushgan — ukrain harbiylari ko‘p qurbon bo‘lmoqda, jangchilar egallab turgan pozitsiyalaridan chekinishga yoki asir tushishga majbur bo‘lishmoqda. Amerika razvedkasining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha hisobotidan ma’lumotlarni «Independent» nashri keltirdi.

Unga ko‘ra, rossiyalik harbiylar artilleriya va o‘t ochish raketa tizimlari soni bo‘yicha 20 karra ustunlikka ega. Donbassdagi ukrain harbiylari uchun vaziyat yana shunisi bilan og‘irki, ularning o‘q-dorilari zaxirasi deyarli tugagan.

Amerika razvedkasi Rossiya armiyasining havodagi ustunligi hamda ukrainlarning tanklarga qarshi tizimlari samarasizligiga e’tibor qaratgan, chunki jangovar harakatlarda tobora olis masofali artilleriya oldingi chiqmoqda.

Shu kabi sabab va omillar ukraina harbiylarini chekinishga yoki asir tushishga majbur qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Ukraina qurolli kuchlarida 550 nafar rus harbiy asiri bor, ruslar esa 5 600 nafar ukrain askarini asir qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring