Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning yadroviy raketalari qayergacha uchib borishi mumkin?

Rossiyaning yadroviy raketalari qayergacha uchib borishi mumkin?

Foto: BILD / RF MV

Kecha, 5-may kuni Kaliningradda Rossiya harbiylari «Iskander» ballistik raketalariga elektron usulda start berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu raketalar yadroviy kallaklarni olib uchish imkoniyatiga ega.

Kaliningraddan uchirilgan raketalar qancha masofaga yetib borishi mumkin?

Bu raketalarning parvoz masofasi, Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra — 480 km, AQSh ma’lumotlariga ko‘ra — 2 600 km, agar so‘nggi ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa, bu raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma shartlarini qo‘pol buzish sanaladi.

Nemislarning BILD nashri yuqoridagi ma’lumotlar asosida Kaliningraddan uchirilgan yadroviy raketa yetib borishi mumkin bo‘lgan masofani infografikada ko‘rsatdi. Qora chiziqli aylana — 480 km radius, qizili — 2 600 km radius.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring