Rossiyaning qashshoqlashayotgan milliarderlari
Forbes jurnali rossiyalik milliarderlarning yangi reytingini e’lon qildi. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, Aleksandr Mamut eng «qashshoq» milliarderga aylandi. Wildberries egasi Tatyana Bakalchuk ham kuchli o‘ntalikka kirdi.
Reytingga jami 125 milliarder kiritilgan bo‘lsa, bir yil avval bu ko‘rsatkich 110 ta bo‘lgan edi. 64 nafar tadbirkor o‘z boyligini oshirdi. 14 nafar tadbirkorning ahvoli avvalgidek qoldi. 24 milliarderning boyligi kamaydi: ularning umumiy boyligi 16 milliard dollarga qisqarib, 114 milliard dollarni tashkil qildi.
Mutlaq ma’noda Eurochem va SUEK asoschisi Andrey Melnichenkoning boyligi sezilarli darajada kamaydi: 4,1 milliard dollar (yoki kapitalning 16 foizi) — nisbiy nuqtai nazardan, Rambler Groupning sobiq hamasoschisi Aleksandr Mamut eng ko‘p yo‘qotdi: uning kapitali 40 foizga kamaydi.
Rossiyaning eng boy ayoli Tatyana Bakalchuk eng «qashshoq» milliarderlar o‘ntaligini yakunlab berdi. Uning boyligi 7,4 milliard dollarga baholanmoqda, bu 2023-yildagidan 16 foizga kam. Tadbirkorning boyligi yil boshida Leningrad viloyatidagi Wildberries omborida yuz bergan yong‘in tufayli kamaydi. Forbesga intervyu bergan ekspertlarning fikricha, kompaniyaga yetkazilgan zarar 10–20 milliard rublni tashkil qiladi.
To‘liq reyting:
- Aleksandr Mamut — 1,2 milliard dollar, - 40 foiz;
- Andrey Krivenko — 1,5 milliard dollar, - 29 foiz;
- Artem Xachatryan — 1,6 milliard dollar, - 24 foiz;
- Aleksandr Ponomarenko — 2 milliard dollar, - 23 foiz;
- Aleksandr Skorobogatko — 2,1 milliard dollar, - 22 foiz;
- Mixail Shelkov — 3,5 milliard dollar, - 20 foiz;
- Sergey Lomakin — 1,7 milliard dollar, - 19 foiz;
- Ivan Savvidi va oilasi — 1,4 milliard dollar, - 18 foiz;
- Andrey Melnichenko va oilasi — 21,1 milliard dollar, - 16 foiz;
- Tatyana Bakalchuk — 7,4 milliard dollar, -16 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter