Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik erkak sudda xotiniga yutqazgach, uch kishini va o‘zini otib o‘ldirdi

Rossiyalik erkak sudda xotiniga yutqazgach, uch kishini va o‘zini otib o‘ldirdi

Kadr iz video

Politsiya otishma natijasida to‘rt kishi, jumladan otgan shaxsning o‘zi ham halok bo‘lgani va yana bir kishi yaralanganini ma’lum qildi.

«Soat 17.00 atrofida Krimsk shahridagi Komarova ko‘chasida joylashgan tibbiyot markazlaridan birining binosida 1956 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ushbu tashkilotning ikki xodimini otib tashlagan. Keyin u ko‘chaga chiqib, o‘tkinchilarga qarata yana o‘q uzgan», — dedi jurnalistlarga IIV viloyat boshqarmasi matbuot xizmati rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi og‘ir jarohatlangan. Shundan so‘ng erkak o‘z joniga qasd qilgan.

Ushbu mudhish hodisaga u asossiz xotini bilan mulk talashib, sudda yutqazgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring